Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat nazorati amalda
янв.21
Deputat nazorati: tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat hududdagi tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat madaniyat mahallasidagi issiqxona faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati To‘rayev Norquvvot o‘z saylov okrugi hududida faoliyat yuritayotgan mahalla yettiligi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Nazorat -tahlil
янв.21
Nazorat -tahlil
#qutlov #bayram

Bahorning ilk ayyomi — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashida bayramona shukuh hukmron bo‘ldi.

Kengashning faol, tashabbuskor va fidoyi ayol deputatlarini bayram bilan qutlash maqsadida Kengash yigitlari tomonidan o‘ziga xos tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov so‘zga chiqib, barcha ayol deputatlarni, shahar rivoji yo‘lida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni samimiy muborakbod etdi:

"Sizlarning nafaqat oila mustahkamligida, balki jamiyatimiz siyosiy hayotida, shahar obodonchiligi va aholi muammolarini hal etishdagi o‘rningiz beqiyos. Bahoriy go‘zallik va nafosat Sizlarni aslo tark etmasin!"

Bayramning eng hayajonli daqiqalarida Kengash raisi va erkak deputatlar tomonidan ayol hamkasblarga gullar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ushbu uchrashuv nafaqat bayram tabrigi, balki deputatlar orasidagi o‘zaro hamjihatlik va hurmatning yorqin namunasi bo‘ldi. Zero, ayol borki, olam munavvar, jamiyatda adolat va mehr barqarordir.

Slide 1 of 5