Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat nazorati amalda
янв.21
Deputat nazorati: tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat hududdagi tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat madaniyat mahallasidagi issiqxona faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati To‘rayev Norquvvot o‘z saylov okrugi hududida faoliyat yuritayotgan mahalla yettiligi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Nazorat -tahlil
янв.21
Nazorat -tahlil
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 🏛 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi 5-Seplon saylov okrugidan saylangan deputat M. Narbasheva hamda Sherobod tumani Kengashi 8-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputat S. Irisov tomonidan “Mehnatobod” mahallasida joylashgan 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalarining holati, issiqlik tizimining ishlash holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, shuningdek, bolalarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va kunlik ovqatlanish ratsioni atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillariga amaliy tavsiyalar berildi. Mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish hamda bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 4