Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat nazorati amalda
янв.21
Deputat nazorati: tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat hududdagi tadbirkorlik faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat madaniyat mahallasidagi issiqxona faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati To‘rayev Norquvvot o‘z saylov okrugi hududida faoliyat yuritayotgan mahalla yettiligi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Nazorat -tahlil
янв.21
Nazorat -tahlil
Andijon shahar deputati Gulnoraxon Ismailova payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Andijon shahridagi 47-umumta’lim maktabida bo‘ldi.

Andijon shahar deputati Gulnoraxon Ismailova payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Andijon shahridagi 47-umumta’lim maktabida bo‘ldi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24-fevral kuni yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ilgari surilgan 32 ta muhim tashabbusning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning orzu-umidlari, innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini amalga oshirish uchun bugungi kunda katta imkoniyatlar yaratilganini ta’kidladi. Shuningdek, berilayotgan ushbu ulkan imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘z ustida ishlash va aniq maqsad sari intilish muhimligi haqida maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashdi.

Uchrashuvda shahar hokimligi mutaxassislari hamda Mirpo‘stin va Sho‘rbuloq MFY yettiligi vakillari ham ishtirok etdilar.

🔹 Yoshlar – yurt kelajagi. Ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish esa bugungi kunning eng muhim vazifasidir.

Slide 1 of 4