Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAFTALIK ISH REJA
янв.21
DEPUTAT NAZORATI OSTIDA YO‘LLAR OBOD BO‘LMOQDA
янв.21
MA’NAVIY-MA’RIFIY SOHA RIVOJI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Yoshlar maslahat guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
YANGI TURMUSH MAHALLASIDA MAKTAB QURILISHI BOSHLANDI
янв.21
Deputat nazoratida — Gilambob mahallasida piyodalar yo‘lakchasi qurilmoqda.
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Deputalarning ijtimoiy tarmoqlardagi haftalik chiqishlari reja-jadvalining ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 13-Angor saylov okrugi deputati Jo‘rayev Akbar tomonidan hududdagi 6-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
HURMATLI FUQAROLAR!

Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashi tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni joyida hal etish hamda ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida Kengash qabullari tashkil etilmoqda.

🟢2026-yil 21-fevral kuni soat 10:00 da

📍Navro‘z MFY hududida joylashgan “Oltin vodiy” madaniyat saroyida Navro‘z, Do‘stlik, Shodlik va Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi uchun tuman Kengashi deputatlari tomonidan Kengash qabuli tashkil etiladi.

Shuningdek,

🟢 2026-yil 25-fevral kuni soat 10:00 da

📍 Ravot MFY hududida joylashgan 2-sonli politexnikumda Ravot, Navoiy, Yangihayot va Lalmikor mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi uchun tuman Kengashi deputatlari tomonidan Kengash qabuli tashkil etiladi.

Kengash qabuli davomida fuqarolarning:

-ijtimoiy-iqtisodiy masalalari;

-kommunal soha muammolari;

-bandlik;

-tadbirkorlik hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlardagi murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqilib, belgilangan tartibda hal etiladi.

Mazkur qabullarda dolzarb murojaatlar bo‘yicha mas’ul bo‘lgan tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtiroki ta’minlanadi.

Barcha fuqarolarni Kengash qabullarda faol ishtirok etishga chorlaymiz.