Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zanggilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Zartepa mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.
янв.21
Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
янв.21
24-tavsiya ijrosi yuzasidan sport maktabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
24 tavsiya bo'yicha #deputat_ #faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi raisi boshchiligida tuman Kengashi deputatlarining faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda deputatlarning sessiya majlislarida muntazam ishtirok etishi, doimiy komissiyalar faoliyatidagi faolligi, shuningdek, o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida ayrim deputatlarning deputatlik faoliyatini lozim darajada olib bormayotgani tanqidiy tahlil qilinib, ularning ish samaradorligini oshirish, hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish hamda aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish, saylovchilar bilan doimiy aloqada bo‘lish va ularni qiynayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur yig‘ilish deputatlik faoliyatini yanada faollashtirish, ularning mas’uliyatini oshirish hamda hududlarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 4