Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputat_faoliyati #24_tavsiya Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi raisi tomonidan 24-tavsiya ijrosi doirasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Mahalla faoliyatidan
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich tomonidan Zang Gilambob mahallasida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Nazorat tadbiri davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 14-Kayran saylov okrugi deputati Primqulov Rustam tomonidan Kayran mahallasidagi xotin-qizlar faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Sessiya ishi yakunlandi
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputatlari tomonidan kun tartibining 9-masalasi muhokama qilinib, masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
янв.21
Kun tartibidagi uchinchi masla
янв.21
Kun tartibidagi ikkinchi masala
янв.21
Kun tartibidagi birinchi masala
G‘ozg‘on shahrida huquqiy yordam yo‘nalishida yangi hamkorlik bosqichi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmonining 3-bandiga muvofiq aholi uchun bepul huquqiy
xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi tashabbusi bilan G‘ozg‘on shahar Adliya bo‘limi bilan
o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi — shahar aholisi uchun bepul huquqiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish,
fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish orqali ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
 

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq mahallalarda sayyor qabullar tashkil
etilib, Kengash xodimlari hamda mutaxassislar tomonidan fuqarolar bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Qabullar davomida yer va uy-joy
masalalari, ijtimoiy ta’minot, bandlik, oilaviy munosabatlar, tadbirkorlik faoliyati hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinib,
joyida huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.

Alohida e’tiborga molik jihati shundaki, har bir murojaat Xalq deputatlari shahar Kengashi nazoratiga olinib, ularning yechimi
yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilmoqda. Bu esa fuqarolar muammolarini qisqa muddatlarda va samarali hal etishga xizmat qilmoqda.
 

Shuningdek, hamkorlik doirasida aholiga qonunchilikdagi yangiliklarni yetkazish, huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, yoshlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu boradagi ishlar fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, jamiyatda qonun
ustuvorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kelgusida ham Adliya bo‘limi bilan hamkorlikni izchil davom ettirib, bepul huquqiy
maslahatlar qamrovini kengaytirish, sayyor qabullar sonini oshirish hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni
jadallashtirishni rejalashtirmoqda.
 

Mazkur tashabbuslar orqali shahar miqyosida ochiq va samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning huquq va
manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsad qilingan.
  

Slide 1 of 6