Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Ra’no mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar.
янв.21
Deputat tomonidan 6-sonli DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Raximkulov Jamshid Yo‘ldoshovich saylov okrugiga qarashli 20-sonli DMTT faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Almardonov Nurqobil 15-saylov okrugi deputati Qo‘shtegirmon va Madaniyat mahallasi yettiliklari faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Jovliyev Ravshan o‘z hududidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazildi.
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
“Alisher Navoiy — milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimiz timsoli”
Xalq dardi bilan yashagan deputat: ta’lim va ma’naviyat uyg‘unligi yo‘lida

     Joriy yilning 14-fevral kuni Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputati Shermatova Gavhar Jo‘raqobilovna Sho‘rchi tumani “A.Navoiy” MFY hududida joylashgan 75-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining bugungi holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim sifati bilan yaqindan tanishdi. 

      Tashrif davomida deputat maktab sinfxonalari, fan kabinetlari, axborot texnologiyalari xonalari va kutubxona
faoliyatini ko‘zdan kechirib, o‘qituvchi hamda o‘quvchilar bilan ochiq muloqot qildi. Suhbat jarayonida ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish borasida fikr almashildi. Maktab jamoasi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 

   Shu kuni maktabda buyuk davlat arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan
ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar tomonidan Bobur g‘azallari va ruboiylari ifodali o‘qildi, sahnaviy chiqishlar namoyish etildi. Yosh avlodning tarixiy merosimizga bo‘lgan hurmati va qiziqishi barchada iliq taassurot qoldirdi. 

     Shermatova Gavhar Jo‘raqobilovna tadbirda so‘zga chiqib, Boburning boy adabiy va ma’naviy merosi yoshlar
tarbiyasida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. U o‘z nutqida yurtga muhabbat, ilmga intilish va vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlar Bobur shaxsiyatida mujassam ekanini alohida qayd etdi. Deputat yoshlarni ajdodlar merosiga munosib bo‘lishga, bilim olish va yuksak maqsadlar sari intilishga chorladi. 

   Mazkur tashrif nafaqat ta’lim muassasasining holatini o‘rganish, balki yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan amaliy qadam sifatida ahamiyatli bo‘ldi. Xalq vakillarining joylardagi faol ishtiroki, ayniqsa ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor – kelajagimiz poydevorini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz. 

Slide 1 of 1