Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazildi.
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
“Alisher Navoiy — milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimiz timsoli”
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasida amaliy ishlar boshlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining domiy komissiya raislari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qoʻzimurotov Abdisalom Javliyevich tomonidan seminar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tuman Kengashining majlisida. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi vazifalari muhokama qilindi.
янв.21
Murojaatnoma- Targ'iboti
янв.21
Murojaatnoma -targ'iboti
Kengash_faoliyati

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati Xolmatova Gulshod Mustafaqulovna "Quduqsoy" mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, mahallada mavjud muammolarni hal etish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda deputatlar va mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida deputat tomonidan mahallada uchrayotgan ayrim muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, aholi murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirilib, mahalladagi ishlarni yanada faollashtirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda mavjud masalalarga tizimli yondashuv asosida yechim topish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4