Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Isayeva boshchiligida mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida Arabota mahallasi Tim qishlog'oda joylashgan dehqon bozorida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida bozorda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari, shuningdek, narx-navolarning shakllanishi va ochiqligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan savdo rastalaridagi mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi, qadoqlanishi va sanitariya holati joyida ko‘zdan kechirildi.