35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining haftalik ish rejasi va 24 Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Andijon viloyati Tarixi va madaniyati davlat muzeyi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida muzeyda saqlanayotgan tarixiy va madaniy meros namunalari, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda muzeyning yoshlar ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasidagi o‘rni haqida ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash, yoshlarning milliy tariximiz va madaniyatimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda muzey faoliyatini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 4