35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATLAR XALQ BILAN MULOQOTDA

DEPUTATLAR XALQ BILAN MULOQOTDA

Baxmal tuman Kengashi deputatlari F.Anorboyev, D.O’ralovalar tomonidan hudud aholisi uchun navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Muloqot davomida fuqarolarning bandlik, moddiy yordam, infratuzilmani yaxshilashga oid murojaat hamda muammolari birma-bir tinglandi. Har bir murojaat ortida inson taqdiri va yechimini kutayotgan masala turganini inobatga olgan holda, muammolarga chuqur yondashildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan, tizimli yechimga ega masalalar qat’iy nazoratga olinib, ijrosini qisqa muddatlarda ta’minlash uchun tegishli mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Slide 1 of 2