Andijon shahar “Shifokor” mahallasida ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida aholiga eng muhim imtiyoz va imkoniyatlar, ijtimoiy reestrga kiritilish va undan chiqarilish tartibi, ko‘rsatilayotgan ko‘maklardan foydalanish shartlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarni ish bilan ta’minlash, oilaviy tadbirkorlik va biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati E.Karimov fuqarolarning murojaatlarini tinglab, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.