35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

E’tibor va ko‘mak — aholi manfaati yo‘lida

Andijon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Israilova, biriktirilgan vakillar hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Tabassumxon Isroilova “Barkamol” MFYda mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda Prezidentning 2026-yil 3-sentyabrdagi videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida ijtimoiy reestrda turuvchi 43 nafar yordamga muhtoj fuqaro bilan uchrashdi.

Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kredit masalalaridagi murojaatlarini hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Ko‘tarilgan masalalar mas’ullar ishtirokida joyida ko‘rib chiqilib, tegishli yechimlar ta’minlandi.

Asosiy maqsad — oilalarni barqaror daromad manbalari bilan ta’minlash, aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish.

Slide 1 of 2