35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun mablag‘ ajratildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 27-avgustdagi III-23-77-14-204-K/26-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq, Tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga 250 000,0 ming so‘m mablag‘ ajratildi.
💰 Mablag‘ manbasi:
2026-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari.
🔹 Ajratilgan mablag‘lar joriy yilning kuz-qish mavsumida Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ish faoliyatining uzluksizligini ta’minlash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltiriladi.
Mablag‘lar hisobidan:
🧂 qum-tuz;
🌱 mineral o‘g‘itlar;
📦 tovar-moddiy boyliklar xarid qilish;
📄 xizmatlar uchun shartnoma asosida to‘lovlarni amalga oshirish;
🔧 boshqa zarur xarajatlarni qoplash ishlari amalga oshiriladi.
🌿 Ushbu mablag‘larning ajratilishi kuz-qish mavsumida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini saqlash hamda obodonlashtirish xizmatlarining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi.