Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Shohabbos Yusupov Andijon shahar Ekologiya bo‘limi boshlig‘i M. Mo‘minov bilan hamkorlikda Kengash hujjatlari bilan ishlash hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlarni olib bordi.
Xususan, Kengash qarorlari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, shuningdek, deputat so‘rovlarini ko‘rib chiqish muddatlarining buzilishi holatlarining oldini olish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab olindi.
Belgilangan vazifalar ijro intizomini mustahkamlash, deputatlik nazorati samaradorligini oshirish hamda Kengash hujjatlarining o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlashga qaratilgan.