35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mustaqillik — yangi hayot va kelajak bunyodkorlari!

Andijon shahar Tez tibbiy yordam markazida Mustaqillikning 35 yilligi oldidan “Mustaqillik — yangi hayot va kelajak bunyodkorlari!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov so‘zga chiqib, mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan islohotlar, inson qadrini yuksaltirish, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi ishlar haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etib, tibbiyot rivojiga munosib hissa qo‘shish zarurligi ta’kidlandi.

Mustaqillik — tinchlik, taraqqiyot va farovon kelajak poydevoridir!

Slide 1 of 3