35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Aholi murojaati — deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 16-Qaroli saylov okrugidan saylangan deputat H. Karayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov saylovchilar murojaati asosida Yangiobod mahallasidagi elektr energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.
✔️O‘rganish davomida aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va ta’minot sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, aholi murojaatlarini ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
✔️Deputatlik nazorati doirasida bunday o‘rganishlar aholi muammolarini joyida aniqlash va ularning yechimiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 8