35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Guliston MFY — Ahmadbek Hoji ko‘chasida yo‘l ta’mirlanmoqda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev hamda Kengash deputati A. Appakov tomonidan Guliston MFYdagi Ahmadbek Hoji ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida yo‘lning holati va asfaltlash jarayoni ko‘zdan kechirilib, ishlarni sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Guliston MFYda aholi uchun qulay sharoit yaratish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.