Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G‘ofurov Umidjon Numanovich tomonidan 2026-yil 8-iyul kuni “Andijon suv ta’minoti” AJ Andijon shahar filialiga 52-ds-255-26-sonli deputat so‘rovi yuborilgan.
Mazkur so‘rovga qonunchilikda belgilangan muddatda javob taqdim etilmagan.
Shu munosabat bilan, deputat so‘rovi ijrosini ta’minlash, mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish hamda asoslantirilgan yozma javob taqdim etilishini ta’minlash yuzasidan “Andijon suv ta’minoti” AJ direktori D. Qo‘ldashevga tegishli murojaat yuborildi.
Ko‘rilgan choralar va so‘rov ijrosi yuzasidan 5 kunlik muddatda Andijon shahar Kengashi kotibiyatiga yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.