35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH — MUHIM VAZIFA

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining qaroriga muvofiq, tumandagi 12 ta umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi.

👧Ajratilgan mablag‘lar zamonaviy o‘quv sharoitlarini yaratish, zarur infratuzilmani takomillashtirish hamda bolalarning ta’lim olish huquqini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

✅Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi — har bir bola uchun munosib ta’lim va teng imkoniyatlar tarafdori!

Bizni kuzatishda davom eting!