Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining doimiy komissiya raislari va a’zolari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi.
янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
Doimiy komissiyalarning qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi

Doimiy komissiyalarning qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi

🔹Bugun 29-yanvar kuni xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar komissiyasining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu majlisda masofaviy tarzda Kengashning tegishli deputatlari ham ishtirok etdi. 

🔹Qo‘shma majlisda Bo‘stonliq tumanida ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish hamda ichki ko‘chalarni yoritish, qattiq va maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, qarovsiz va daydi hayvonlarni tutish, ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash bo‘yicha aholi murojaatlari muhokama qilindi.

🔹Qo‘shma majlis yakuni bilan tegishli tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha muddatli ko‘rsatmalar hamda tavsiyalar berilib, qo‘shma majlis qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 4