Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Baxtiyorjon Turdiyevning “To‘qqizariq” MFYdagi saylov okrugida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.
Natijalar:
12 nafar fuqaroga jami 300 mln so‘m kredit ajratilgan;
48 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan;
14 nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirilgan;
xorijdan qaytgan 6 nafar fuqaroga kredit ajratilgan.