35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISLOHOTLAR AMALDA! “Dolzarb 90 kunlik” doirasida
янв.21
Sholdirama MFYda amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv
янв.21
Uzumbozor savdo majmuasida rekonstruksiya ishlari o‘rganildi
янв.21
“Barkamol” MFYda savdo obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qabul komissiyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“24 tavsiya” ijrosi davom etmoqda
янв.21
Abu Ali ibn Sino texnikumida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar bog‘ida xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N. Toychiyeva hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati T. Isroilova kunlik ish-rejasiga asosan Andijon shahridagi “Barkamol” MFY hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
17-BAND IJROSI: Mahalladagi holat o‘rganilib, muammolar muhokama qilindi

17-BAND IJROSI: Mahalladagi holat o‘rganilib, muammolar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 17-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat G. Bozorova tomonidan Kamolot mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalladagi Shohravon va Ko‘klam nafasi ko‘chalarining ko‘chaboshisi X. Turniyazov bilan suhbat o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholining kundalik ehtiyojlari hamda ko‘chalarni obodonlashtirish va infratuzilma bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
🗣 Suhbat davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda mahallada yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
📍 Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash, yechim izlash va natijaga erishish yo‘lida muhim vositadir.

Slide 1 of 1