Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 13 -Angor saylov okrugi deputati Jo'rayev Akbar Nortijeyevich Qadimiy Angor mahallasida joylashgan maktabda qurilish ishlarining so‘nggi bosqichlarini nazorat qildi.
Mazkur ta’lim muassasasida 240 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi yakuniy bosqichga yetgan. Deputat qurilish ishlarining sifati, obyektni foydalanishga topshirishga tayyorgarlik hamda 24-tavsiya ijrosi buyicha joylashtirilgan yaqinda ishga tushadigan liftlarni ham ko'zdan kechirdi.
Shuningdek Deputat mas’ullarga qurilish va obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda to‘liq yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda obyektni foydalanishga sifatli topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.