35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Barkamol” MFYda savdo obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sholdirama MFYda amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Uzumbozor savdo majmuasida rekonstruksiya ishlari o‘rganildi
янв.21
ISLOHOTLAR AMALDA! “Dolzarb 90 kunlik” doirasida
янв.21
Qabul komissiyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“24 tavsiya” ijrosi davom etmoqda
янв.21
Abu Ali ibn Sino texnikumida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv
янв.21
Bolalar bog‘ida xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N. Toychiyeva hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati T. Isroilova kunlik ish-rejasiga asosan Andijon shahridagi “Barkamol” MFY hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
24 tavsiya asosida amaliy ishlar izchil davom etmoqda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildoraxon Rahmatullayeva tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Sog‘lom avlod” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputat mahalla raisi Ranoxon Ortiqova bilan birgalikda mahalla hududida joylashgan basketbol sport maydonchasini ko‘zdan kechirdi. Mahalla raisi tomonidan ushbu maydonchani mini futbol maydonchasiga moslashtirish va qayta ta'mirlash ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish taklifi bildirildi.

Mazkur tashabbus hududda istiqomat qilayotgan 800 nafardan ortiq 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlar uchun sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qilishi qayd etildi.

Deputat tomonidan ushbu masalani tegishli tashkilotlarda ko‘rib chiqish maqsadida deputat so‘rovi kiritish orqali amaliy choralar ko‘rilishi yuzasidan tushuntirish berildi.

Slide 1 of 3