Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Usmonjon Shokirov tomonidan o‘z saylov okrugidagi "Dehqonobod" MFYga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida mahalla hududini yanada obod va ko‘rkam qilish, aholi kayfiyatini ko‘tarish hamda yashash muhitini yanada yaxshilash maqsadida deputat tashabbusi bilan mahallaga manzarali gul ko‘chatlari topshirildi.
Mazkur tashabbus mahalla hududini yanada ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirishga xizmat qilmoqda.