Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tomonidan Andijon pedagogika texnikumida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, bandligini ta'minlash hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.