Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
26-Chorguzar saylov okrugi deputati A. Appaqov bugun Andijon shahridagi Xo‘tanariq MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi “yettilik” faoliyati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari M. Jalolov tashabbusi bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Madaniy yodgorliklarni asrash va yoshlarga yetkazish barchamizning burchimizdir!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
янв.21
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍 Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
📍8-Islomobod saylov okrugi deputati X. Xolmatov tashabbusi bilan okrug hududidagi ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida dual ta’lim tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.
янв.21
📌 4-Shohbekat saylov okrugida tizimli ishlar amalga oshirildi.
янв.21
Aholi murojaatlari asosida, shahar Kengashi deputati A.Appakovning tashabbusi bilan Xursandlik MFY hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari tashkil etildi.
янв.21
#Islohotlar_amalda #deputat_mahallada
янв.21
Z.M.Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan hamda 25-yanvardan 25-fevralga qadar Andijonda "Bobur oyligi"  doirasida.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov "Deputat mahallada" loyihasi doirasida “Bo‘ston” MFYda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi va mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
Dual taʼlim va tadbirkorlik uyg‘unligi samaralari" haqida batafsil
Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi

         2025-yil 28-yanvar kuni Bo'ka tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi" tadbiri bo'lib
o'tdi. Tumandagi 6,11,12,13,14,33 va 54-umum ta’lim maktab o'quvchilari ishtirok etishdi.
 

Tadbirda o'quvchilar 4 ta shart bo'yicha qatnashishib, ularni chiqishlarini hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.  

Tadbirda xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashi deputatlari A.Nishonov, D. Po'latov, tuman Ekologiya inspeksiyasi boshlig'i X. To'laxo'jayevlar ishtirok etishdi. 

Qiziqarli o'tgan tadbirda 54-o'rta taʼlim maktabi o'quvchilari 108 ball bilan birinchi o'rinni egallashdi.  

Tadbirda o'quvchilar tomonidan ekologiya borasidagi bilimlari, ularni kuylagan kuy-qo'shiqlar va sahna ko'rinishlari tadbir
ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
 

Bu kabi tadbirlar tuman maktablarida davom etmoqda.          

Slide 1 of 9