35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyatida navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Usmonov Otabek G'aniyevichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G'ofurov Umidjon No'monovichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
Mirpo‘stin MFYda amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Aholi murojaatlari amalda o‘z yechimini topmoqda.
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
**Kengash qarori ijrosi o‘rganildi**

Kengash qarori ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi M. Tangriberaganov, deputat D. Sattorova hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi S. Matyaqubovalar Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining 2026-yil 10-iyuldagi VII-31-66-12-172-K/26-son “Qo‘shko‘pir tumani «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini o‘rgandilar.

O‘rganish davomida qarorda belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali yo‘naltirilishi hamda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi holati tahlil qilindi.

Shuningdek, hududlarda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay va munosib shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy masalalarni manzilli hal etish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida qaror ijrosini ta’minlash, ajratilgan mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanish hamda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Asosiy maqsad — mablag‘lardan samarali foydalanish orqali hudud infratuzilmasini rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash. 

Slide 1 of 1