35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyatida navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Usmonov Otabek G'aniyevichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida uchrashuv
янв.21
Mirpo‘stin MFYda amaliy o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G'ofurov Umidjon No'monovichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
Aholi murojaatlari amalda o‘z yechimini topmoqda.
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA YALANG‘OCH MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

#kotibiyat_va_deputat #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️ “OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA YALANG‘OCH MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining 2025-yil 29-apreldagi 18-14-0-F/25-son farmoyishiga asosan, kotibiyatdan biriktirilgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 4-Nodirabegim saylov okrugiga kiruvchi “Katta Yalang‘och ota” mahallasida, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Gaipnazarovaning saylov okrugida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🌳 O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylar atrofidagi holat, ichki yo‘laklar, yashil hududlar hamda umumiy sanitariya va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish, ozodalik, jamoat tartibi hamda xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Jarayon davomida mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi. Ko‘p qavatli uylar atrofini tartibga keltirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, yashil hududlarni parvarishlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

🔺 Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot jarayonida kundalik ehtiyojlar, obodonlashtirishga oid takliflar hamda mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan kelishib olindi.

📝 O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar va bildirilgan takliflar deputatlik nazoratiga olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

🤝 Hududda obodonlik ishlarini yanada jadallashtirish, ko‘kalamzorlashtirishni kengaytirish hamda aholi uchun xavfsiz va toza yashash muhitini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

🌱 Obod va xavfsiz mahalla — farovon hayot garovidir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10