alq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi ta’minlanishi, ijtimoiy soha obyektlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan o‘rganish davom etmoqda.
Mazkur yo‘nalishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengash deputati N. Dusmurodov tomonidan 76-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishda maktabdagi mavjud sharoit, o‘quv jarayonini tashkil etish holati hamda ta’lim sifatini oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi.
Deputat maktabdagi holat yuzasidan ota-onalar bilan suhbatlashib, taklif va muammolarini tingladi.
Suhbatda maktabda o‘quvchilar uchun qo‘shimcha bino qurish zarurligi bildirildi.
Mazkur masala yyzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish rejalashtirildi.