Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “Tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, xususan, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2 yillik tahlil hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi” masalasi yuzasidan sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J. Ochilov tomonidan Qushquduq mahallasidagi 83-sonli umumta’lim maktabining holati o‘rganildi.
O‘rganishda ta’lim muassasasi yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, hudud obodonlashtirish holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar muammolar ko‘zdan kechirildi.
Maktab qo‘shimcha binosi qurilishi yakuniga yetkazilmagani aniqlandi.