35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya ishida Andijon shahar IIB boshlig‘ining hisoboti tinglanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi boshlandi
янв.21
"Payshanba – yoshlar kuni" doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Andijon shahar hokimligida siyosiy-ma'rifiy soat o‘tkazildi
янв.21
Dolzarb 90 kunlik doirasida! Obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Dolzarb 90 kunlik hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida!
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
"Dolzarb 90 kunlik" doirasida!
янв.21
"Dolzarb 90 kunlik" doirasida!
Farovon mahallasidagi ishlar o‘rganildi

Farovon mahallasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov, Kengash deputati Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirovlar tomonidan 13-Umid saylov okrugi hududidagi Farovon mahallasida mahalla raisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Farovon mahallasining umumiy yer maydoni 25 gektarni tashkil etadi. Mahallada 1 565 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda 9 586 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 4 688 nafari erkaklar, 4 898 nafari ayollardan iborat.

Mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 4 936 nafar xotin-qizlar bilan manzilli ishlar tashkil etilgan.

Shuningdek, hududdagi ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari, infratuzilma holati, ichki yo‘llar, elektr va ichimlik suvi ta’minoti masalalari ham o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bandligini oshirish, obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, mahalla hududida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2