35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya ishida Andijon shahar IIB boshlig‘ining hisoboti tinglanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi boshlandi
янв.21
"Payshanba – yoshlar kuni" doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Andijon shahar hokimligida siyosiy-ma'rifiy soat o‘tkazildi
янв.21
Dolzarb 90 kunlik doirasida! Obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Dolzarb 90 kunlik hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida!
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI

 SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI 

  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining 10-Novkent saylov okrugidan saylangan deputati M.Akramov tomonidan Qashqar mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar
bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
    

Uchrashuvda Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi J.Abdurashidov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov, tegishli tuman tashkilotlari mas’ullari, “mahalla yettiligi” vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdi. 

  

Tadbir davomida deputat tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berildi. Xususan, aholi murojaatlari bilan ishlash, deputatlik so‘rovlari orqali hal etilgan masalalar, saylov okrugida amalga oshirilgan o‘rganishlar, davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda bajarilgan ishlar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar haqida ma’lumot
berildi.
 

  

Uchrashuvning muloqot qismida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. Jumladan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash, hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar muhokama qilindi. 

  

Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish belgilandi  

Slide 1 of 3