Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova Suvonobod mahallasida mahalla raisi tashabbusi bilan barpo etilayotgan piyodalar yo‘lagi qurilishi jarayonini joyiga chiqib o‘rgandi.
Tashrif davomida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda loyiha doirasida aholiga yaratilayotgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, piyodalar xavfsizligini ta'minlash, ayniqsa, bolalar, keksalar va mahalla aholisining erkin harakatlanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Deputat mahalla faollari va mas'ullar bilan muloqot qilib, aholi tomonidan bildirilayotgan taklif va mulohazalarni tingladi hamda qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.