35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya ishida Andijon shahar IIB boshlig‘ining hisoboti tinglanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi boshlandi
янв.21
"Payshanba – yoshlar kuni" doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Andijon shahar hokimligida siyosiy-ma'rifiy soat o‘tkazildi
янв.21
Dolzarb 90 kunlik doirasida! Obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Dolzarb 90 kunlik hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida!
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
"Dolzarb 90 kunlik" doirasida!
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan "G‘ishtko‘prik" mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi T.Maxmudov (o‘rganishda faoliyati yuzasidan ma’lumot berildi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:
26 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan va ular doimiy ish bilan ta’minlangan;
10 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratilib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va kengaytirishi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan;
3 nafar fuqaroga subsidiya ajratilib, ularning biznes tashabbuslari qo‘llab-quvvatlangan;
"Kambag‘al oilalar reyestri"ga kiritilgan 16 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitilib, mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashilgan;
Mahalla hududida 26 ta mikroloyiha ishga tushirilib, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha muhim natijalarga erishilgan.

O‘rganish jarayonida tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning daromad manbalarini ko‘paytirish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2