35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik ish rejaga asosan "Hutanariq" MFYda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2026-yil 3–7-avgust kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi tasdiqlandi.
янв.21
24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Dolzarb 90 kunlik doirasida! Obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Andijon shahar hokimligida siyosiy-ma'rifiy soat o‘tkazildi
янв.21
Sessiya ishida Andijon shahridagi mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarni yozgi ta’tilini mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi boshlandi
Deputatlik nazorati: energiya tejamkorlik loyihalari o‘rganildi

Deputatlik nazorati: energiya tejamkorlik loyihalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Feruz To‘rayev tomonidan tuman Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-25-35-7-101-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur qaror asosida Pastdarg‘om tumanida ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar holati deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida deputat Tinchlik mahallasida bo‘lib, ehtiyojmand oilalar xonadonlarida yaratilayotgan sharoitlar, energiya tejamkor qurilmalar va jihozlardan foydalanish holati bilan tanishdi.

Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlashilib, amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi, mavjud ehtiyojlar va takliflar o‘rganildi.

Slide 1 of 4