35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya ishida Andijon shahar IIB boshlig‘ining hisoboti tinglanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi boshlandi
янв.21
"Payshanba – yoshlar kuni" doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Andijon shahar hokimligida siyosiy-ma'rifiy soat o‘tkazildi
янв.21
Dolzarb 90 kunlik doirasida! Obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Dolzarb 90 kunlik hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida!
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
"Dolzarb 90 kunlik" doirasida!
янв.21
Sessiya oldidan amaliy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etildi.

Rasmiy javobda qayd etilishicha, deputat so‘rovida ko‘tarilgan "Chorchinor" mahalla fuqarolar yig‘inining Saxovat ko‘chasini tungi yoritish tizimi bilan ta’minlash masalasi yuzasidan mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan va mavjud holat atroflicha tahlil qilingan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Saxovat ko‘chasidagi tungi yoritish chiroqlari elektr tarmog‘iga ulanib ishga tushirilgani, hozirgi kunda yoritish tizimi belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgani hamda deputatlik so‘rovida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur amaliy choralar ko‘rilgani ma’lum qilingan.

Mazkur javob deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala vakolatli tashkilot tomonidan ijobiy hal etilganini hamda hudud aholisining murojaati yuzasidan amaliy natijaga erishilganini tasdiqlaydi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi