35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Hunarmand” MFYda 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Madaniyat” MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Shodlik” MFYda mahalla yettiligi faoliyati va obodonlashtirish ishlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi
янв.21
“Ozodlik” MFYda 24 ta tavsiya asosida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
27–31-iyul | Haftalik ish rejasi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning sessiya oldi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning sessiya oldi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tashabbusi bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tashabbusi bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi
Deputat ko‘targan masala ijrosi joyida o‘rganildi



Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati S. Bektemirov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari N. Abdumoʻminova va J. Ashurboyev tomonidan K-3 kanali bo‘yida aholi dam olishi uchun tashkil etilgan hududda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari hamda tungi yoritish tizimining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Ma'lumki, Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining avvalgi sessiyalaridan birida deputat S. Bektemirov tomonidan mazkur hududdagi tungi yoritish tizimida mavjud muammolar, jumladan, yoritish ustunlarining bir qismi yaroqsiz holga kelgani va ayrim metall konstruksiyalarning talon-toroj qilingani sababli yoritish tizimi to‘liq ishlamayotgani masalasi ko‘tarilgan edi.

O‘tkazilgan o‘rganish davomida ushbu hududda zamonaviy, quyosh panellari orqali quvvat oluvchi (avtonom) LED yoritish chiroqlari o‘rnatilgani, tungi yoritish tizimi bosqichma-bosqich tiklanib, aholi uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish borasida amaliy ishlar amalga oshirilgani aniqlandi.

Deputatlik nazorati doirasida mazkur hududdagi obodonlashtirish va yoritish tizimining barqaror faoliyatini ta'minlash yuzasidan monitoring ishlari izchil davom ettiriladi.