🌿 DEPUTAT NAZORATIDA: TABIATNI MUHOFAZA QILISH – BARCHANING MAS’ULIYATI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Raxmanova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni (№754-XII) ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri amalga oshirildi. Hududda atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni saqlash va kengaytirish, daraxt hamda butalarni parvarishlash, chiqindilarni belgilangan tartibda to‘plash va olib chiqish, sanitariya-ekologik holatni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi – atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda kelajak avlod uchun sog‘lom va musaffo tabiiy muhitni saqlab qolishdan iborat.