35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Hududlarni rivojlantirish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Hududlarni rivojlantirish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov hududlarni kompleks rivojlantirish, obodonlashtirish hamda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash borasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida Xusharti va Oboddiyor mahallalarida bo‘ldi.

Tashrif davomida mahallalarning infratuzilma holati, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3