35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya ishida Andijon shahar IIB boshlig‘ining hisoboti tinglanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi boshlandi
янв.21
"Payshanba – yoshlar kuni" doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Andijon shahar hokimligida siyosiy-ma'rifiy soat o‘tkazildi
янв.21
Dolzarb 90 kunlik doirasida! Obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Dolzarb 90 kunlik hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida!
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
"Dolzarb 90 kunlik" doirasida!
Nayman mahallasida boshqaruv kompaniyasi faoliyati va ekologik holat o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda
#24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun


Nayman mahallasida boshqaruv kompaniyasi faoliyati va ekologik holat o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "20-Xirmontepa" saylov okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna tashabbusi bilan Nayman mahallasi hududida boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati hamda ekologik holat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

📂 O‘rganish davomida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 ta tavsiyaviy yo‘nalishi asosida boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatining samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, uylar atrofi va tutash hududlarning tozaligi, yoritish tizimi hamda obodonlashtirish ishlari holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🗂 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ–171-son “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda mazkur yo‘nalishdagi belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📊 Monitoring jarayonida 4-uy va 11A-uy oldidagi hududlarda tozalik ishlari talab darajasida emasligi, shuningdek, qurib qolgan daraxtlar o‘z vaqtida olib tashlanmagani aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan boshqaruv servis kompaniyasiga zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

📝 O‘rganish yakunida hududning sanitariya va ekologik holatini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6