35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya ishida Andijon shahar IIB boshlig‘ining hisoboti tinglanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi boshlandi
янв.21
"Payshanba – yoshlar kuni" doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Andijon shahar hokimligida siyosiy-ma'rifiy soat o‘tkazildi
янв.21
Dolzarb 90 kunlik doirasida! Obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Dolzarb 90 kunlik hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida!
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 20-sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
"Dolzarb 90 kunlik" doirasida!
янв.21
"Dolzarb 90 kunlik" doirasida!
DAYJEST (13-iyul — 17-iyul 2026-yil)

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan joriy hafta uchun belgilangan barcha tadbirlar to‘liq amalga oshirildi. Hafta davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, aholi bandligi hamda kommunal xizmatlar sifatini o‘rganishga qaratilgan nazorat tadbirlari olib borildi.

💎 13-iyul — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

💎 14-iyul — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan “Yangi makon” OFYda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati o‘rganildi.

💎 15-iyul — O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

💎 16-iyul — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich tomonidan tumanda aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi.

💎 17-iyul — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Madaminov Alisher Abdullayevich tomonidan aholini uy-joylarda issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

✨ Hafta davomida amalga oshirilgan tadbirlar hududlarda deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, tibbiy xizmat va dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, bandlik masalalarini o‘rganish hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirishga qaratildi.