Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari kadastr sohasidagi ishlar bilan tanishdi
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari Kadastr agentligi hamda Kadastr palatasi tuman bo‘limi faoliyatini o‘rgandilar.O‘rganish davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va mavjud muammolar muhokama qilindi. Tashrif davomida deputatlar yer uchastkalariga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, ko‘chmas mulk ob’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr hujjatlarini tayyorlash hamda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonlari bilan tanishdilar. Shuningdek, tizimda raqamlashtirishni kengaytirish, xizmatlar shaffofligini ta’minlash va aholiga qulaylik yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. deputatlar tomonidan murojaatlarni qisqa muddatlarda hal etish va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.