Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
24 tavsiya ijrosi amalda
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Appaqov Avazbek To'raxodjayevichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Ziyayev Raxim Sabirovichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
Sayyor o‘rganishda “Soya-salqin ko‘chalar” loyihasi muhokama qilindi
янв.21
24 tavsiya ijrosi amalda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Kitobxon yoz – 2026” targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Termiz tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S. Choriyevning 2026-yilning ikkinchi choragi davomida tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning barvaqt profilaktikasini tashkil etish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Muhokamalar davomida hududdagi kriminogen vaziyat, profilaktik tadbirlarning samaradorligi, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirish, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktika tadbirlarini yanada kuchaytirish hamda mutasaddi idoralar hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi

Slide 1 of 4