Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI BO‘YICHA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
ISH REJAGA ASOSAN BELGILANGAN VAZIFALAR IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Ziyayev Raxim Sabirovichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Ziyayev Raxim Sabirovichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Mo‘ydinov Baxtiyor Abdulazizovichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Talipova Dildora Dilshodovnaning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
Hududdagi investitsiya loyihalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Ekspert guruhi” va “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining borishi bilan tanishdi.

🏗 O‘rganish davomida Taxiatosh tumani hokimining investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T.Muzrabov tomonidan hududda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan ma’lumot berildi.

📍 Xususan, tadbirkor A.Radjapov tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan “Aholiga xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etish” investitsiya loyihasi amalga oshirilayotgani hamda qurilish ishlari belgilangan reja asosida olib borilayotgani qayd etildi.

⚡️ Bunday investitsiya loyihalari hudud infratuzilmasini rivojlantirish, yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish va aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3