Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi Bazarov Baxtiyor Yaxshilikovich hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy viloyati ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida markazda bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning tashkil etilishi, davolash jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasaning moddiy-texnik bazasi holati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, markaz hududining sanitariya holati, bo‘limlarda yaratilgan sharoitlar, tibbiy jihozlardan foydalanish holati hamda bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash, aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda markaz faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.