Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va aholi muammolarini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
янв.21
Hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etish va aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va aholi muammolarini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
XALQ DEPUTATLARI BOG‘OT TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 37-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Sessiya kun tartibiga kiritilgan 4 ta muhim masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan:
Bog‘ot tumani hokimining 2026-yil 10-iyundagi 213-12-170-Q/26-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala;

Bog‘ot tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masala;

Bog‘ot tumanida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yoshlar oqshomi” tadbirini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala;

Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan fikr va takliflar bildirilib, muhokamalar olib borildi.

Muhokamalar yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Hududlarni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3