🔰Jizzax shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari V.Isakov va D.Saidova, Kengash kotibiyati mudiri M.Adilova, Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasi kotibi D.O‘ralov hamda masʼul tashkilot xodimlari bilan birgalikda shahardagi jamoat transporti tizimini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.
Kuzatuv va tahlillar davomida asosiy eʼtibor “A.Temur” hududidagi quyidagi masalalarga qaratildi:
O‘rganish davomida yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirayotgan bir qator muammo va kamchiliklar aniqlandi. Mazkur kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish, bekatlar holatini yaxshilash va kerakli yo‘l belgilarini qisqa muddatlarda o‘rnatish bo‘yicha soha mutasaddilariga tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.