Madad NNT faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Karimova, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda kotibiyat bosh mutaxassisi bilan birgalikda tuman Madad NNT faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida tashkilot tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayoni hamda bepul yuridik maslahat berish amaliyoti o‘rganildi.
Shuningdek, qabulga kelgan fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilib, ularning murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar hamda amaliy tavsiyalar taqdim etildi.